KHAT PRINT PRO

ООО KHAT PRINT PRO

Sizni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnunmiz. Kompaniyamiz faoliyati aniq maqsadlar va mustahkam qadriyatlarga asoslanadi. Bizning ishimizni yo‘naltirib turadigan asosiy tamoyillar — halollik va mas’uliyat, ustoz-shogirt va jamoaviylik, mijozlarga yo’naltirilganlik va doimiy rivojlanishdir. Aynan shu qadriyatlar kundalik faoliyatimizda qarorlar qabul qilishda va hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutadi. Biz ishonamizki, kompaniyamiz muvaffaqiyatining asosiy omili — bu uning jamoasi. Shu sababli biz professional rivojlanish, o‘zaro hurmat va samarali hamkorlik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratamiz. Har bir xodim o‘z salohiyatini namoyon etishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda umumiy natijaga hissa qo‘shishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan

2005 y. Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanida asos solingan ushbu kompaniya mijozlarga keng assortimentdagi sifatli mahsulotlarni taqdim etish hamda aholiga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish jarayonlarini muvaffaqiyatli yo'lga qo'ydi

2008 y. Mijozlarning o'sib borayotgan talablarini to'laqonli qondirish maqsadida, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari ikki barobarga kengaytirildi.

2012 y. Ishlab chiqarishni sifatini oshirish maqsadida xalqaro standartlardagi eng sifatli DSP, MDF hamda melaminlangan qog'ozlarni importi yo'lga qo'yildi.

2017 y Bozor ehtiyojlari yilma yil ortib borgan sayin biz presslash liniyalarimizni kengaytirish hamda ishlab chiqarishni optimallashtirish maqsadida eng so’nggi pressalash texnalogiyalarini joriy etdik. Bu orqali ishlab chiqarish hajmi ikki barobar orttilidi va jismoniy mehnat qisqartirildi.

2019 y. O’zbekistonda birinchilardan bo’lib melaminlangan qog’ozlarni ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdik. Bu orqali mahsulot importi to’xtatildi hamda mahalliy bozordagi ishlab chiqarishlarga ham sotuv yo’lga qo’yildi.

2022 y. Toshkent shahrida barcha turdagi mahsulotlarimizni ishlab chiqarish imkonini beruvchi to'liq liniyalarga ega yirik filialimiz ishga tushirildi. Ushbu hududiy kengayish kompaniya tarixida tub burilish yasab, yangi filialning ishlab chiqarish quvvati asosiy zavod imkoniyatlaridan ham o'zib ketdi.

2025 y. Biz shunchaki mebel sanoati uchun xomashyo yetkazib beruvchi maqomidan chiqib, mijozlarga kompleks xizmat ko'rsatish tizimiga o'tdik. Zamonaviy uskunalar yordamida LDSP va LMDF plitalarini kesish, kromkalash, teshish hamda rover xizmatlari muvaffaqiyatli yo'lga qo'yildi. Shuningdek, savdo majmualarimizda ko'plab boshqa turdosh kompaniyalarning mahsulotlari ham jamlanib, xaridorlar uchun yirik markaz tashkil etildi

Kelajakka ishonch bilan Ishlab chiqarish sifati va mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha o'z oldiga yuksak mezonlarni belgilagan holda, korxonamiz eng samarali, zamonaviy va ishonchli yechimlarni taklif etib, ishonch bilan oldinga intilmoqda

 
Ташкент
Город
Товары народного потребления (непищевые)
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации